Inqirozga qarshi jamg‘arma tuzildi

 “Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi. 

👉Farmonga muvofiq, Moliya vazirligi huzurida Inqirozga qarshi 10 trillion so‘m hajmdagi jamg‘arma tuzildi.

👉Farmonga ko‘ra, 2020 yilning 1 aprelidan 1 oktyabriga qadar: 

✴️ yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foiziga kamaytiriladi;

❇️ alkogol mahsulotlari bilan ulgurji savdo qiluvchi korxonalarning ajratmalari 5 foizdan 3 foizga kamaytiriladi;

✴️ alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun umumiy ovqatlanish tashkilotlarining yig‘im miqdori belgilangan miqdordan 25 foizga kamaytiriladi.

👉Farmonga bilan, 2020 yil 1 apreldan jismoniy shaxslarning xayriya tashkilotlaridan oladigan moddiy mablag‘lari soliqdan ozod etiladi.

♻️ 2020 yil 1 oktyabrga qadar: 

✴️ tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilishi to‘xtatib turiladi;

❇️ vaqtincha qiyinchilikka uchragan xo‘jalik sub’yektlariga mulk, yer soliqlari va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqqa penya hisoblash to‘xtatiladi, shuningdek soliq qarzdorligi bo‘yicha majburiy undirish choralari ko‘rilmaydi.

✴️Shuningdek, 2021 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida soliq auditi o‘tkazish to‘xtatiladi, jinoyat ishlari doirasidagi va yuridik shaxslarning tugatilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan soliq auditi bundan mustasno.

👉Farmonga muvofiq, tadbirkorlik sub’yektlariga quyidagilarga ruxsat etiladi:

❇️ hisobot yili uchun umumiy tovar eksportining 10 foizidan oshmaydigan miqdorda muddati o‘tgan debitor qarzdorlik mavjud bo‘lgan holda kafolat to‘lovisiz tovarlarni eksport qilishga;

✴️ tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha debitor qarzdorlikni yopish evaziga 2020 yil davomida texnologik uskunalar va xomashyoni import qilish bo‘yicha bir martalik operatsiyalarni amalga oshirishga.

👉Farmonga ko‘ra:

❇️ koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan yoki kasallanishda gumon qilinganligi sababli karantinga olingan ota-onalar (ularni o‘rnini bosuvchilar, homiylar, vasiylar), shuningdek ularning 14 yoshga to‘lmagan farzandini parvarish qilayotgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi o‘rtacha oylik ish haqqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi;

✴️ koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan yoki karantinga olingan, shuningdek 14 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (ularni o‘rnini bosuvchilar, homiylar, vasiylar) bo‘lgan xodim bilan ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish taqiqlanadi.

👉 Farmonga ko‘ra: 

❇️ 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 2020 yil 1 apreldan boshlab 10 foizga oshiriladi;

✴️ tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirusga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar joriy qilinadi;

❇️ o‘z faoliyatini to‘xtatgan davlat ta’lim muassasalari, sport va madaniyat muassasalari xodimlarining ish haqlari o‘z vaqtida to‘lab beriladi;

✴️ aholiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishning soddalashtirilgan tizimini tashkil etiladi.

👉 Farmon bilan quyidagicha tartib joriy qilinadi: 

❇️ bog‘chalar va maktablarning faoliyati to‘xtatilgan davrda bog‘cha tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga (ular o‘rnini bosuvchi shaxslarga, vasiylarga, homiylarga) yillik ta’tildan foydalanish grafigidan qat’i nazar (shu jumladan, 6 oydan kam ishlaganlarga) yillik ta’til taqdim etiladi;

✴️ karantinga oid choralar amal qilishi davrida ish beruvchilar xodimlarni, ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali kasallikka chalingan shaxslarni, ularning roziligi bilan, masofadan turib ishlash usuliga, qulay ish grafigiga yoki uydan turib ishlashga o‘tkazishlari mumkin.

Pul bozoriga har oyda umumiy summasi 1 trln so‘mgacha likvidlik taqdim etiladi

👉 Farmonga ko‘ra:

🌀 pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalanish hisobiga pul bozoriga har oyda umumiy summasi 1 trln so‘mgacha likvidlik taqdim etiladi;

🌀 bankomatlar yetarli miqdordagi naqd pul mablag‘lari bilan uzluksiz ta’minlanadi;

🌀 masofaviy bank xizmatlari rivojlantiriladi.

👉 Shuningdek, tijorat banklari tomonidan: 

❇️ turistik operatorlarga, mehmonxona biznesi sub’yektlariga, transport-logistika kompaniyalariga va turizm tarmog‘ining boshqa korxonalariga, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalariga joriy etilgan cheklovlar tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha umumiy summasi 5 trln so‘mlik qarzdorliklarni to‘lash bo‘yicha kechiktirish (jarima sanksiyalarini hisoblamagan holda) 2020 yil 1 oktyabrga qadar uzaytiriladi;

✴️ xususiy tadbirkorlik korxonalariga taqdim etilgan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun, shu jumladan, iste’mol bozorini eng zarur tovarlar bilan to‘ldirish uchun qayta tiklanadigan revolver kreditlar ajratiladi.

❇️Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi joriy yil 22 martdan boshlab 2 oy davomida kunlik selektor yig‘ilishlarini o‘tkazib, har bir hududda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, sanoat, infratuzilma va boshqa sohalar barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash masalalarida muammolar bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilib boradi.