Insholar ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida pastdarg‘omlik o‘quvchi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi

8-9 noyabr kunlari Andijon viloyatida Xalq ta’limi vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Vatan taqdiri mening qo‘limda” mavzusidagi insholar ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tanlovning quyi bosqichida 1 ming 400 dan ziyod tengdoshlari orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchi-yoshlar o‘zaro bellashdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, Past Darg‘om tumani 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi Bonu Ziyatova ikkinchi o‘rinni egalladi va vazirlik tomonidan diplom hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.