Inson qalbini jumbushga keltiradigan yodgorliklar
Dunyoda odamlar har kuni yonidan o‘tib ketadigan va ularga ahamiyat bermaydigan millionlab haykal va yodgorliklar bor. Biroq, tarixi bilan tanishgandan so‘ng, inson qalbida abadiy iz qoldiradigan yodgorliklar ham talaygina.
AdMe.ru sayti sizni qurolli to‘qnashuvlar qurbonlariga bag‘ishlangan yodgorliklarning ba’zilari bilan tanishtirib o‘tishga qaror qildi.
Xotin qishlog‘idagi yodgorlik. Belarus
1943 yil 22 martda Vermaxt ofitserini o‘ldirgan partizanlarga boshpana bergani uchun jazolash otryadi tomonidan qasos sifatida Xotin qishlog‘ining 149 aholisi omborxonaga kirgizib, yoqib yuborilgan. Yonayotgan binodan yugurib chiqqanlar darhol otib tashlangan.
Vayron qilingan qishloq joyida 1969 yilda tinch aholi xotirasiga bag‘ishlab yodgorlik o‘rnatildi.
Dunay qirg‘og‘idagi poyabzallar. Budapesht, Vengriya.
1944-1945 yillarda Vengriya fashistlar partiyasi a’zolari Dunay daryosi qirg‘og‘ida bir necha ming kishini otib tashladi. O‘qlarni tejash maqsadida ular 50-60 kishini bir-biriga bog‘lagan, birinchisiga o‘q uzilgach, u yiqilib qolganlarni o‘zi bilan tortib ketgan. Keyinchalik ularni sotish uchun otib tashlanadiganlarga poyabzallarni yechish majbur qilingan.
Halok bo‘lganlar xotirasiga daryo qirg‘og‘ida 60 juft erkaklar, ayollar va bolalar temir poyabzali o‘rnatilgan.
82 ta bolaga bag‘ishlangan yodgorlik. Liditse, Chexiya.
1942 yil 10 iyunda Praga yaqinida joylashgan Liditse qishlog‘i aholisi nemis zobitining hayotiga suiqasd qilgan partizanlarni yashirishda gumon qilinganligi sabab nemis qo‘shinlari tomonidan butunlay yo‘q qilindi. Qishloqning barcha aholisi, shu jumladan 1 yoshdan oshgan bolalar otib o‘ldirilgan yoki konslagerlarga olib ketilgan.
“Ikkinchi jahon urushidagi ayollar” yodgorligi. London, Buyuk Britaniya
2005 yilda Buyuk Britaniya poytaxti markazida Ikkinchi jahon urushi ayollariga bag‘ishlangan yodgorlik ochilgan. Qora toshdan yasalgan taxtada 17 xil kiyim “osilgan”, ular orasida hamshira kiyimi, harbiy forma, payvandchi va urush paytida ayollar o‘zlashtirgan ko‘plab kasblarni aks ettiruvchi kiyimlar mujassamlangan.
Urushlarda halok bo‘lgan hayvonlar yodgorligi. London, Buyuk Britaniya
Londonning Gayd parkidan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda, Yerdagi barcha qurolli to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan hayvonlarga bag‘ishlangan g‘ayrioddiy yodgorlik mavjud. Yodgorlikning devorga o‘tish joyiga ikkita yuklangan xachir tasvirlangan, undan oldinroqda devor orqasida bronza ot va it o‘z egasini kutib orqasiga qarab turibdi. Ushbu yodgorlik deyarli 1,5 million funtni xayriya qilgan shaxslar mablag‘lari hisobidan yaratilgan.
“Choh” yodgorligi. Minsk, Belarus
1942 yil 2 martda nemis askarlari Minskdagi Melnikayte ko‘chasidagi gettoda saqlangan 5 mingga yaqin odamni otib tashladi. Ushbu voqea xotirasiga bag‘ishlab 2000 yilda voqea sodir bo‘lgan joyda chuqurga tushayotgan bir necha o‘nlab odamlardan iborat “So‘nggi yo‘l” haykaltaroshlik kompozitsiyasi o‘rnatildi. Xolokost qurbonlarining barchasiga bag‘ishlangan yodgorlikni o‘rnatish ishlari qo‘lda bajarilgan va uni yaratishga 8 yil vaqt ketdi.
Bolalar tinchligi yodgorligi. Xirosima, Yaponiya.
1945 yil 6 avgustda 2 yoshli Sadako Sasaki o‘z uyida edi. U Amerika tomonidan uyushtirilgan Xirosima va Nagasaki bombardimoni kuni emas, 10 yildan so‘ng radiatsiya ta’siridan kelib chiqqan leykemiyadan vafot etdi. O‘limidan oldin u agar 1000 ta qog‘oz turnaqush yasasa, istaklari amalga oshishi to‘g‘risidagi afsonani bilib oldi. Sadako o‘ziga hayot so‘radi.
Tepasida katta qog‘ozli turnaqush o‘rnatilgan Sadakoning yodgorligi Xirosima va Nagasakining bombardimondan halok bo‘lgan va azob chekkan bolalariga bag‘ishlangan.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.