VI Islom birdamligi o‘yinlari: O‘zbekiston musobaqani 2-o‘rinda yakunladi, samarqandlik sportchilar 7 ta medalni qo‘lga kiritdi
- 22.11.2025 14:36
- 1
- Sport
7-21 noyabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamligi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning 57 mamlakatidan 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan musobaqada yurtimiz atletlari 29 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqada viloyatimizdan 17 nafar sportchi 10 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etib, bitta oltin, to‘rtta kumush va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.
OLTIN:
kurash - Ruslan Bo‘riyev
KUMUSh:
duatlon - Alina Hakimova
yengil atletika - Sharifa Davronova
ayollar kurashi - Shohida Ahmedova
para payeurlifting - Qudratoy Toshpo‘latova
BRONZA:
og‘ir atletika - Sharofiddin Amriddinov
futzal (jamoa) - Shahzodjon Sa’diyev, Shahram Faxriddinov, Shavkat Ibragimov.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Fan olimpiadasi adolatli o‘tkaziladimi?
- Kecha, 20:03
- Ta’lim