Institut yotoqxonasini jihozlashdagi talon-torojliklar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan ob’yektlarda byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Yagona buyurtmachi xizmati” korxonasi va “K.o.” MChJ mansabdor shaxslari Navoiy Davlat pedagogika instituti yotoqxonasini jihozlash to‘g‘risidagi hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, haqiqiy bahosi 556,1 million so‘m bo‘lgan 31 turdagi jihozlar va mebellar to‘plamlarining narxlarini 2,3 milliard so‘mga oshirib ko‘rsatish orqali 1,7 milliard so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan “Yagona buyurtmachi xizmati” IK va “K.o.” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.