Internetdagi IMHO, LOL, AKA va boshqa qisqartmalar nimani anglatadi?

Bugun biz kundalik nutqimizda (aniqrog‘i yozishmalarimizda) mustahkam o‘rnashib olgan qisqartmalar va ularning ma’nosi haqida haqida gaplashamiz. Agar siz ulardan ba’zilarining tarixini va ma’nosini tushunib olmoqchi bo‘lsangiz, bu juda qiziq.

LOL (LOL)

Ushbu ibora doimo do‘stona muloqot yoki fikr almashish paytidagi matnli xabarlarda uchraydi. LOL – “Laughing out loud” iborasining qisqartmasi bo‘lib “baland ovozda kulish” degan ma’noni anglatadi.

Qisqartma salbiy ma’noga ega emas va suhbatdoshingiz shunchaki hozirgina o‘qigan narsasiga kulgili munosabatda bo‘layotganini bayon qiladi. Masalan, biror bir forumda siz “Hamma aqlli mutaxassislar shu yerda ekanku, LOL!” degan iborani o‘qishingiz mumkin. Umuman olganda, agar sharhda bu qisqartma mavjud bo‘lsa, uni yozgan odam ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lgan bo‘ladi.

IMHO (IMHO)

Forumlar va ijtimoiy tarmoqlar tilida keng tarqalgan birikma ko‘pincha postlar yoki videolarga sharh sifatida topiladi. Bu ibora “In My Humble Opinion” — IMHO qisqartmasidan kelib chiqqan va “mening kamtarona fikrimcha...” deb tarjima qilinadi.

Munozaralarda odamlar gapiradigan har qanday masala haqida gap ketganda, IMHO deb boshlagan odam o‘zini mutaxassis deb da’vo qilmasdan faqat shaxsiy fikrini bildirayotgan bo‘ladi. Shuning uchun hech kim uni noto‘g‘rilikda ayblamaydi yoki undan fakt manbasini ko‘rsatishni talab qilmaydi. Suhbat ishtirokchisi masala bo‘yicha shunchaki o‘z fikrini ifoda etadi va IMHO uni tajovuzkor hujumlardan himoya qiladi.

AKA (AKA)


Bu odamning ikkinchi ismini, ya’ni Internetdagi taxallusini anglatadi.  AKA qisqartmasi  “Also known as” iboradan kelib chiqib, ingliz tilidan "U shu nom bilan ham mashhur" deb tarjima qilinadi. Masalan, "Petya AKA Telba Petr” yozilgan bo‘lsa, bu Petyaning ijtimoiy tarmoqdagi taxallusi “Telba Petr” bo‘lishini bildiradi. Odatda Repperlar o‘zlarini mavqeini ta’kidlab, ikkinchi va uchinchi nomlarni olishni yaxshi ko‘rishadi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.