Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Transport yo‘laklari va logistikani rivojlantirish boshqarmasi mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi

Mazkur boshqarmaning bosh mutaxassisi M.M. xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqaro A.T.ni aldab, uning ishonchiga kirib, Toshkent shahrida joylashgan AQSh elchixonasida ishlovchi tanishlari orqali viza-stiker olishiga va AQShga jo‘nab ketishiga amaliy yordam berishini va’da qilib, tamagarlik yo‘li bilan 14.000 AQSh dollari pul mablag‘larini talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorligida Samarqand shahri Kamollidin Behzod nomli mahallada o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.M. o‘zi talab qilgan pullardan bo‘nak sifatida 10 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.