"Ipak yo‘li" turizm xalqaro universitetida ingliz tili kurslari ochildi

Turizmda aloqa muhim o‘rin egallaydi, shu sababdan chet tilini amaliy bilish turizm sohasidagi bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida talabalar, xodimlar, shuningdek, turizm sohasi vakillari uchun intensiv ingliz tili kurslari tashkil etilmoqda.

Yoz oylari universitetda ingliz tili oylari, deb e’lon qilindi. Shuningdek, universitet xodimlari uchun intensiv ingliz tili kurslari tashkil etildi. Ayni vaqtda 23 kishidan iborat bo‘lgan guruhda dastur bo‘yicha interaktiv onlayn darslar o‘tkazilmoqda. Darslarni Tokio universiteti va Gakugei universiteti (Yaponiya), Kaliforniya davlat universiteti (AQSh) kabi oliygohlarida faoliyat olib borgan, xalqaro tajribaga ega mutaxassis-o‘qituvchi Alisher Kamilov olib bormoqda.

Shunisi e’tiborliki, masofaviy darslar ehtiyoriy ravishda mutlaqo bepul o‘tkazilmoqda.

Nargiza ABDUVOHIDOVA.