"Ipak yo‘li" turizm xalqaro universitetida xalqaro onlayn konferensiya o‘tkazilmoqda

2020 yilning 27 may kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida «XXI asrda turizm: innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar va inklyuziv o‘sish» xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasiga start berildi.

Nufuzli anjuman O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Saxid turizm instituti (Indoneziya), Antaliya turizm Akademiyasi (Turkiya), Guylin turizm universiteti (Xitoy), Al-Forobiy nomidagi milliy universitet (Qozog‘iston), Lovely Professional University (Hindiston), University of Kota (Hindiston) hamda Turizm va mehmondo‘stlik xalqaro universiteti (Qozog‘iston) bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Ikki kun davom etadigan konferensiyada ilmiy-uslubiy tajriba va amaliy tavsiyalar almashinadi. Shuningdek, karantindan so‘ng turizm sohasi va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni jadal rivojlantirish uchun qanday ishlar olib borish haqida o‘zaro fikr almashinadi.

Ingliz tilida bo‘lib o‘tayotgan konferensiyada universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar o‘z ilmiy ishlari bilan qatnashmoqda.

Anjumanga tavsiya qilingan ilmiy maqolalarning elektron jamlanmasi Crossref va Google Scholar xalqaro tizimlarda ro‘yxatdan o‘tib, DOI raqami beriladi.

Shohida MUSTAYeVA.