“Ipotekabank” vengriyalik investorlarga sotilmoqda

Xabarlarga ko‘ra, “Ipotekabank” mijozlar soni bo‘yicha O‘zbekistondagi 5-yirik bank hisoblanadi.

Bugun Toshkent shahrida “Ipotekabank”ning 75 foiz davlat ulushini Vengriyaning OTP bankiga sotish bo‘yicha shartnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tgan.

“Ipotekabank” O‘zbekistonda umumiy bozorning 8,5 foizini tashkil etadi va va 1,6 million mijozga ega.

Vengriyaning OTP banki “Ipotekabank”ni sotib olish uchun bir necha yildan beri muzokaralarda ishtirok etib kelayotgandi.