Ishtixonda 11 nafar bolaning xatna to‘yi o‘tkazib berildi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan Ishtixon tumanining olis hududida joylashgan «Bog‘ixon», «O‘zbekqo‘rg‘on», «Qayirma» mahalla fuqarolar yig‘inlarida tuman hokimligi va homiylar hamkorligida katta bayram dasturxoni yozilib 7 nafar bolaning  xatna to‘ylari o‘tkazib berildi. Bundan tashqari, 600 nafar oilalarga bayram,  sport tadbirlari va konsert dasturlari tashkil qilindi.

Shuningdek tumanning olis hududlaridan «Hazarbobo», «Mohpor», «Zartepa», mahallalarida bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu mahallalarda istiqomat qilayotgan 400 nafar oilalar uchun bayram dasturxoni va 4 nafar bolajonlarning xatna to‘yi tashkil etildi.