Ishtixonda aholi turmush tarzini yaxshilash uchun qanday loyihalar ishlab chiqildi?

Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil 15-16 aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Ishtixon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida ham bir qator taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda tumanda 62 mahalla mavjud bo‘lib, 42 ming 366 xonadon, 55 ming 910 oila istiqomat qiladi. Bu oilalarda xatlov o‘tkazish natijasida “Temir daftar”ga 2953 xonadon kiritilgan. Bugungi kunda 2433 xonadon ro‘yxatdan chiqarilgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ro‘yxatdagi fuqarolarga kerakli asbob-uskunalar olib berish orqali yil yakunigacha 218 nafar bandligi ta’minlanmagan fuqaro qoladi. Ularni tomorqalariga biriktirish, Aholi bandligini ta’minlash jamg‘armasi hisobidan subsidiyalar berish orqali “Temir daftar”dan chiqarishga erishilmoqda...

Umuman, bugun tumanda aholining ijtimoiy muammolarini hal etish, tuman iqtisodiyotini rivojlantirish, odamlar turmushini yaxshilash borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Prezidentimiz taklif va tavsiyalari asosida qanday loyihalar bajarilyapti?

Hududda amalga oshirilayotgan ishlar haqida tuman hokimi Shuhrat Negmatov aniq loyihalari bilan o‘rtoqlashdi.