Ishtixonda Navro‘z bayrami arafasida 32 ta oila bepul uy-joy bilan ta’minlanadi

Ishtixon tumanidagi Boyliota mahallasida bo‘sh turgan binodan unumli foydalanilmoqda. Bu yerda 32 oilaga mo‘ljallangan ijtimoiy uylar qurilyapti.

Tuman hokimi o‘rinbosari Umid Islomovning aytishicha, mazkur uylar 2020 yil Navro‘z bayramiga qadar bitkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu uylar vaqtincha yashash uchun kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan oilalarga beriladi.

G.MO‘MINOVA.