Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ishtixonga kirish va chiqish taqiqlandi

Bugun Ishtixon tumani bo‘yicha avtotransportlar harakatini cheklash maqsadida tuman markazi va chegaradosh hududlarga 12 ta blok-postlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Bunda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur doirasida ishlarni samarali tarzda olib borish, deyiladi tuman IIB YHXB jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tomonidan berilgan xabarda.

Jumladan, tuman hududidagi:

1. Mitan qo‘rg‘oniga - Payariq tumanidan;

2. Chimqo‘g‘onga – Qo‘shrabot tumani;

3. Ishtixon markaziga - Mitan ko‘prigi; 

4. Ishtixon (Xushali qishlog‘i) - Payshanba shaharchasi;

5. Azamat qishlog‘i - Kattaqo‘rg‘on tumani;

6. Damxo‘ja – Past Darg‘om tumani;

7. Ishtixon markaziga - Vatanparvar tashkiloti;

8. Ishtixon Pilol qishlog‘iga - Oqdaryo tumani;

9. Ishtixon markaziga - Xalqobod, Sheyxlar qishlog‘i;

10. Ishtixon markaziga - Lazizjon to‘yxonasi;

11. Ishtixon markaziga - O‘zbekiston ko‘chasi;

12. Ishtixon markaziga - Amir Temur ko‘chasi (tuman prokuratura binosi) chegaradosh hududlardan kirish va tumandan chiqmaslik uchun blok-postlar o‘rnatiladi.