“Ismsiz mamlakat”

Yaqinda iste’dodli adib Rahmon Hojimurodning Toshkent shahridagi “Oltin meros press” nashriyotida chop etilgan “Ismsiz mamlakat” nomli kitobi nashrdan chiqdi. Ushbu kitobdan ijodkorning “Devoriy gazeta” qissasi hamda “Ismsiz mamlakat”, “Kapalakning qanotiga ko‘minglar”, “To‘xtatilgan to‘xtamagan vaqt” kabi adabiy kuzatishlari o‘rin olgan.

Ijodkor yozuvchi qalbi, shoir qismati va adabiyotning inson taqdiriga nechog‘lik daxldorligi haqida o‘z qarashlari, qalb kechinmalari, xulosalarini badiiy qahramonlar tilida ta’sirchan bayon etgan.

Xususan, uning xalq suygan shoir Muhammad Yusuf she’rlari, zabardast yozuvchi Nazar Eshonqulning falsafiy-badiiy asarlari va undan olgan hayotiy xulosalari bilan o‘quvchida ushbu asarlar haqida yangicha fikr va qiziqish uyg‘otadi. Bu kuzatishlarida adib o‘zining hayotga sinchkov nigohi, chuqur falsafiy mushohadalarini o‘quvchiga ham yuqtira oladi.

Ushbu asar adabiyot ixlosmandlarining kitob javonidan munosib o‘rnini topishi shubhasiz.

Sulaymon MARDIYEV.