Ispaniyalik alpinist ayol 500 kunlik "mehmongarchilik"dan so‘ng g‘orni tark etdi

Ispaniyalik alpinist yer ostidagi 70 metr chuqurlikdagi g‘orda 500 kunni tashqi dunyodan ajralgan holda o‘tkazdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Madridda istiqomat qiluvchi 50 yoshli Beatris Flamini o‘zini sinab ko‘rish va yer ostida yolg‘iz yashash qanday bo‘lishini bilishga qaror qildi.

G‘ordan chiqib, jurnalistlarga qisqacha izoh berar ekan, Flamini dunyodan uzilib qolish tajribasini “a’lo va beqiyos“ deb ta’rifladi.

Flaminining eksperimenti Timecave nomli loyihaning bir qismi bo‘lib, u uzoq vaqt yer ostida yolg‘iz yashayotgan odamlar shaxsiyatini o‘zgartirishni o‘rganishga mo‘ljallangan.

1987 yilda italiyalik Mauritsio Montalbini g‘orda 210 kun o‘tirib, avvalgi jahon rekordini o‘rnatgan edi.