Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulh buzildi

Isroil mudofaa kuchlari bugun G‘azo sektorida jangovar harakatlarni qayta boshladi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) matbuot xizmati xabar berib, HAMAS sulhni buzgan va Isroil hududiga o‘t ochgani haqida ma’lum qiladi.

"HAMAS operativ pauzani buzdi va bundan tashqari, Isroil hududiga qarata o‘t ochdi. SAXAL G‘azo sektorida HAMAS terror tashkilotiga qarshi jangovar harakatlarni qayta boshladi", deyiladi xabarda.

Avvalroq The Wall Street Journal nashri Misr rasmiy manbalariga tayanib, Isroil va HAMAS G‘azodagi gumanitar sulhni sakkizinchi kunga uzaytirishga kelishib olgani haqida xabar bergan edi.
Shu bilan birga, Isroil o‘z maqsadi o‘zgarishsiz – HAMASni yo‘q qilish ekanini ma’lum qiladi.
Bir kun avval G‘azodan yana 8 mahbus keldi. Har bir ozod qilingan garov uchun Isroil uch falastinlik mahbusni qamoqdan ozod qiladi.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, bugun ertalab Isroilning G‘azoga bergan zarbalari oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar yaralangan. Videoda Isroilning bergan zarbalari oqibatlari aks etgan.
G‘azo sektorida jangovar harakatlar qayta boshlanganiga qaramay mahbuslarni almashish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, deb xabar bermoqda CNN.