Iste’molchi huquqi doim himoyada
Unda tuman va shahar bosqichlaridagi 16 nafar g‘olib o‘zaro bellashdi.
- Ikki yildan buyon mahallada komissiya raisi sifatida faoliyat yuritaman, -deydi Past Darg‘om tumani Qorag‘o‘ppa mahallasi jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish komissiyasi raisi Bobomurod Omonqulov. – Mahallamizda 50 dan ziyod tadbirkor bor. Ularning asosiy qismi mebel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. O‘ndan ortiq go‘sht do‘konimiz bor va ularning sifatli mahsulotlar sotishini, narxlarning mo‘’tadilligini komissiyaning 9 nafar a’zolari bilan birga nazoratga olganmiz. Joylarda aholi bilan iste’molchi huquqlarini shakllantirish borasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib boramiz.
Tanlovda birinchi o‘ringa Past Darg‘om tumani Qorag‘o‘ppa mahallasi vakili Bobomurod Omonqulov, ikkinchi o‘ringa Toyloq tumani Ukrach mahallasi vakili Nizomiddin Azimov, uchinchi o‘ringa Oqdaryo tumani Loyish mahallasi vakili Marhabo Davronova munosib, deb topildi va tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari, faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
Tanzila NURMUROTOVA.