It koronavirusni hidlab topadi
Rossiyada «Aeroflot» kinologik xizmati koronavirusni hidlab aniqlaydigan itlardan foydalanmoqchi.
Ayni paytda o‘quv markazida 15 it o‘rgatilmoqda. Shu maqsadda shoqol va layka duragay zoti - shalayka tanlab olindi. Bu itlarning hid bilish sezgisi juda rivojlangan. Ular kelajakda koronavirus kasalligi alomatlarini hidlab aniqlashi mumkin.
Hozirda maxsus o‘rgatilgan itlar diabet, Parkinson kasalligi, bezgak va boshqa xastaliklarga chalingan yo‘lovchilarni hidlashdanoq sezadi. Endi ular safiga yangi yildan boshlab koronavirusni aniqlovchi xizmat itlari qo‘shiladi.
«AiF» (2020 yil 42-son)dan T.MUROD tayyorladi.