Italiyada bo‘lib o‘tgan Butunjahon sport o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi 1 o‘rinni egalladi

Joriy yilning 5-10 sentyabr kunlari Italiyada Butunjahon sport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi va ushbu xalqaro musobaqada 30 ta sport turidan 6000 ga yaqin sportchilar ishtirok etdi.

Xalqaro sport o‘yinlariga ilk marotaba kiritilgan qo‘l jangi sport turi bo‘yicha 10 ta vazn toifasida bo‘lib o‘tgan janglardan 6 ta vazn toifasida O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari oltin medallarni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, yarim kontakt (semikontact) yo‘nalishida ham bitta oltin, bitta kumush medallar qo‘lga kiritilib, jami sakkizta medal bilan umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Oltin medallarni qo‘lga kiritgan ayol sportchilar orasida Nilufar Polvonova (65 kg. vaznda g‘olib bo‘lgan) Samarqand viloyati vakili hisoblanadi.