Italiyalik olim samarqandlik bog‘bonlar huzurida: maqsad – aniqlangan kasalliklar bo‘yicha mintaqaviy biolaboratoriyalar tashkil etish
Italiyalik Karbo Karli meva ko‘chatlari va g‘alla kasalliklarini o‘rganuvchi yirik olim hisoblanadi. Afrikaning bir necha davlatlarida hamda Hindiston, Fransiya va Qirg‘izistonda ilmiy tajribalar o‘tkazgan olim yaqinda akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot markazining Samarqand tajriba stansiyasiga tashrif buyurib, jahon banki loyihasi asosida bog‘bonlarga amaliy yordam ko‘rsatmoqda.
- Bundan ko‘zlangan maqsad aniqlangan kasalliklar bo‘yicha mintaqaviy biolaboratoriyalar tashkil etish, - deydi tajriba stansiyasi xodimi Baxtiyor Mirzohidov. – Olimga stansiyamiz xodimlari ko‘maklashmoqda.
Bugungi kunda jamoa viloyatimizdan tashqari respublikamizning deyarli barcha hududlariga yigirmadan ortiq navdagi mevali va uzum ko‘chatlarini yetkazib bermoqda. Ko‘chatlarimizning sog‘lom va baquvvat o‘sishi esa o‘tkazilayotgan tajribalarimizga bog‘liq. Bu borada italiyalik olim bilan yaqin hamkorligimiz qo‘l keladi.
Tohir NORQULOV.