Uzum yetishtirmoqchimisiz, imtiyozlarni bilib oling!

Aksariyat kishilar sohada qanday imkoniyat va imtiyozlar berilganini yaxshi bilmaydi. Shu bois, qonunchilikda belgilangan normalarni Siz bilan o‘rtoqlashishni lozim topdik.

- Yangi tokzorlar uchun bir dona artezian quduq yoki nasos stansiyasi qurish uchun har 10 gektarga 120 million so‘mgacha subsidiya beriladi, ya’ni subsidiya beriladigan maydon hajmi 3 barobarga kamaydi (hozir eng kam maydon 35 gektar qilib belgilangan).

- Sertifikatlangan uzum plantatsiyalarini tashkil etishni moliyalashtirish uchun banklarga 100 million dollar resurs mablag‘lari ajratildi.

Bunda, kredit loyiha ofislari tavsiyalari asosida 14 foizdan 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga berilishi;

- aholi xonadonlarida uzum yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha noan’anaviy usulda, ya’ni “tepasida tok - pastida sabzavot” ekish, shuningdek, voyish, so‘ritok usullarini keskin ko‘paytirish;

- bu maqsadlar uchun oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida, joriy yilda qo‘shimcha 100 milliard so‘m kredit resurslari ajratilishi;

- sohaga ilm va innovatsiyalarni keng joriy etish orqali, hosildorlikni kamida 2-3 baravarga oshirish;

- shpaler o‘rnatish xarajatlarining 30 foizgacha qismi byudjetdan qoplab berilishi;

- uzumchilikda ishlatiladigan asbob-uskunalar va texnikalar bojxona to‘lovlaridan ozod etilishi;

- mayiz quritish va qadoqlash liniyalari hamda vinochilik asbob-uskunalarini sotib olish harajatlarining 20 foizini qoplab berilishi;

- mahalliy sharoitda “in-vitro” usulida yetishtirilgan har bir dona tok ko‘chati va payvandtagli tok ko‘chati uchun 5 ming so‘m miqdorda subsidiya ajratilishi;

- yetishtirilgan hosilning 30 foizi eksport qilinsa, daromad va mulk soliqlari 30 foizga, eksport 30 foizdan oshsa, 2 baravarga kamaytirilishi;

- eksport qilingan har 1 litr tabiiy vino uchun, 5 ming so‘m subsidiya ajratish kabi ko‘plab imtiyozlar belgilandi.