Izboskan tumanida o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan direktor jarimaga tortildi

Mehnat vazirligining xabar berishicha, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, majburiy mehnat holati tasdiqlandi. Andijon viloyati Izboskan tumani 7-sonli maktab direktori A.Urmonov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 51-moddasi bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka va EKOIHning 3 barobari miqdorida jarimaga tortildi.

«Agar majburiy mehnat holatlariga duch kelsangiz, 71-200-06-00 telefon raqamlari yoki @mehnathuquqbot telegram boti orqali bizlarga xabar bering», - deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun: MJtK, 51-modda. Mehnatga ma’muriy tarzda majburlov.

Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mehnatga biron bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash — eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.