Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning yangi turi paydo bo‘lishi sabablarini va vahimaga tushmaslikni bildirdi
JSST Buyuk Britaniyada koronavirusning yanada xavfli mutatsiyasi paydo bo‘lishi sababini aytdi va vahimaga tushmaslikka chaqirdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti pandemiya va epidemiya departamenti direktori Silvi Brian BFMTV telekanalida ma’lum qildi.
«Yuqish tezligi va ko‘pligi bilan virusning turlanish ehtimoli ham ortadi. Bundan tashqari, koronavirus hayvonlardan kelib chiqqanligi sababli, mutatsiya paytida u asta-sekin inson tanasiga moslashadi. Shuning uchun har bir aniqlangan mutatsiyani tahlil qilishda uning qanday yangi xususiyatga egaligi, qanday o‘zgarish ro‘y bergani yoki bu shunchaki, oddiy evolyusion jarayonligini aniqlash kerak", deb tushuntirdi JSST departamenti direktori.
Hozirgi kunda JSST SARS-CoV-2 mutatsiyasidan o‘lim holati qayd etilmadi. Tashkilot, shuningdek, yangi shtamm vaksina samaradorligiga salbiy ta’sir qilishiga shubha bildirdi.
Brian Buyuk Britaniyada joriy qilingan choralarni to‘g‘ri deb atadi. U ommaviy emlash boshlangunga qadar joriy etilgan cheklovlar yangi mutatsiyaning tarqalishining oldini oladi, deb hisoblaydi. Shunga qaramay, virus bilan bog‘liq vaziyat noaniqligicha qolmoqda va har bir mamlakat qo‘shimcha ehtiyot choralarini ko‘rsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.
Avval Buyuk Britaniyada topilgan koronavirusning yangi turi Gollandiya, Daniya, Avstraliya va Italiyada ham aniqlandi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, koronavirusning yangi turi oldingisiga qaraganda tezroq tarqalmoqda. Ammo hozircha uni o‘ta xavfli deb bo‘lmaydi. Bundan tashqari, virus mutatsiyasi vaksinaga turlicha ta’sir ko‘rsatishi haqida hech qanday dalil yo‘q.
14 dekabr kuni Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mettyu Xenkok mamlakatda SARS-CoV-2ning yangi turi topilganligini ma’lum qildi. O‘tkazilgan tadqiqotlar virusning dastlabki shaklidan ko‘ra tezroq tarqalishini ko‘rsatdi. Shuning uchun virus odamdan odamga tez yuqishi tufayli o‘ta yuqumli hisoblanadi.