Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vaksinaning yot ta’siridan jabrlanganlarga kompensatsiya to‘laydi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti global COVAX dasturidagi 92 kambag‘al mamlakat fuqarolariga koronavirusga qarshi vaksinalarning jiddiy yot ta’siri uchun tovon puli to‘laydi. Bu haqda Thye Guardian xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, tashkilotda allaqachon kompensatsiyalash rejasi tuzilgan.
"Bu har qanday da’volarni to‘liq va yakuniy hal qilishda bir martalik kompensatsiya berish orqali sudga murojaat qilish zaruratini sezilarli darajada kamaytirishga qaratilgan dasturdir. Chunki ushbu jarayon potensial vaqt va xarajat talab qiladi", deyiladi xabarda.
Kompensatsiya rejasi 92 qashshoq mamlakatni, jumladan Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyodagi ko‘plab mamlakatlarni qamrab oladi.
Dastur 2022 yil 30 iyungacha davom etadi.
Ta’kidlanishicha, “COVID-19” vaksinasini sotib olishda o‘zini o‘zi moliyalashtirgan mamlakatlar ham javobgarlik dasturlarini joriy etishni rejalashtirmoqda.