Jamoat fondi Konstitutsiya bilimdonlariga 24 million so‘mgacha grant mablag‘i ajratadi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya - baxtimiz poydevori” mavzusida 4-davlat grantini ajratish uchun tanlov
E’LON QILDI

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:

- O‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda Konstitutsiyaning mohiyati va bosh qomusimizning o‘ziga xos jixatlari, yoshlarning huquqlari va burchlarini tushuntirish bo‘yicha ijtimoiy sheriklikda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish;

- notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari bilan hamkorlikda “Konstitutsiya – mening nigohimda” tanlovini tashkil etish va yoshlarning asosiy qonunimiz mazmun-mohiyatidan xabardorligini oshirish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish;

- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bo‘yicha “Biz Konstitutsiyani o‘rganamiz” ruknida ta’lim muassasalari hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ko‘rik-tanlov o‘tkazish va targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;

- “Konstitutsiya - baxtimiz qomusi” shiori ostida o‘quvchi yoshlardan tashkil topgan guruhlari o‘rtasida “Qomusiy huquq bilimdonlari” bellashuvi o‘tkazishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirokini kengaytirish;

- Notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari bilan hamkorlikda o‘quv muassasalari, korxona va tashkilotlarda Konstitutsiyani targ‘ib etish bo‘yicha xonalar tashkil etish.

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati; 
  2. Viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining https://t.me/samarqand_jamoat_fondi telegram kanalida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
  3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
  4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi; 
  5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
  6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari. 

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 24 mln. so‘mgacha. 

Hujjatlar 2022 yil 19 noyabrdan 3 dekabrgacha har kuni (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.

Hujjatlar xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 159 “a” uy manziliga “Nodavlat notijorat tashkilotlari va Do‘stlik uyi” binosi (110-xona) deb yuborilishi shart.

 Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining https://t.me/samarqand_jamoat_fondi telegram rasmiy kanalida tanishish mumkin. 

 Ma’lumot uchun telefonlar: (55) 701-35-95, (93) 353-18-00