Jamoatchilik fikri asosida shakllanadigan loyihalar qanday moliyalashtiriladi?

Prezidentimizning shu yil 25 oktyabrdagi “Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra bu borada yangicha tartib amal qilinadi.

Jumladan:
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.
Viloyat byudjetida shakllangan qo‘shimcha mablag‘larning 30 foizi shahar va tumanlarda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun shahar va tumanlar fuqarolar tashabbusi jamg‘armalariga mavjud aholi soni va mahallalar sonidan kelib chiqib, teng ulushlarda yo‘naltiriladi.
Tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari uchun shahar va tumanlar byudjetlarining 5 foizi miqdorida, biroq kamida 6 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.