Qulmatovga imtiyozli kredit beriladi
Samarqand viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan Jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan Payariq tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida mavjud muammolar joyida o‘rganilmoqda va ularning yechimi borasida zarur tadbirlar belgilanmoqda.
Xususan, 3-ishchi guruh a’zolari Ahmad Yassaviy nomli mahallada bo‘lib, fuqaro R.Egamovning xonadoni ahvolini o‘rgandi. Aniqlanishicha, R.Egamov kam ta’minlangan oila hisoblanadi, shu bois mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan moddiy yordam tayinlab kelingan. Shunday bo‘lsa-da guruh a’zolari uning murojaatini inobatga olib, ko‘mak beradigan bo‘ldi. Ya’ni, R.Egamovga 2019 yil 29 yanvar kuni Samarqand viloyat "Qizil Yarim oy" jamiyati tomonidan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, ishchi guruh a’zolari shu mahallada yashovchi M.Qulmatovning xonadoniga kirishganida fuqaro tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun kredit olishda yordam kerakligini so‘radi. Ishchi guruhi a’zolari ushbu murojaat bo‘yicha Xalq banki tuman filiali mutasaddilari bilan telefon orqali bog‘lanib, muammoni ijobiy hal qildi.