Maniobodda yashovchi aholi xonadonlariga 100 ta suyultirilgan gaz balloni tarqatildi

Samarqand viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan Jamoatchilik guruhi a’zolari Payariq tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida mavjud muammolarni joyida o‘rganmoqda va ularning yechimi borasida zarur tadbirlar belgilamoqda.
Xususan, 3-ishchi guruh a’zolari Maniobod mahallasida yashovchi fuqarolar muammolarini o‘rganganlarida bu yerga suyultirilgan gaz balloni oxirgi marta 2018 yil 26 noyabr kuni olib kelinganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur muammoni hal etish maqsadida “Chelakgaz” filiali boshlig‘i S.Akbo‘tayevga murojaat etishdi. Natijada shu kunning o‘zida 100 ta suyultirilgan gaz balloni xonadonlarga tarqatilib, 39 ta gaz balloni qayta to‘ldirib kelish uchun “Chelakgaz” filiali xodimlari tomonidan olib ketildi.
Bundan keyin aholini suyultirilgan gaz balloni bilan muntazam ta’minlash qat’iy jadval asosida tashkil etiladigan bo‘ldi.