Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muammolarni kamaytiradi

Anjumanda jamoatchilik nazoratining ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish, uni amalga oshirishda nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, mahalla fuqarolar yig‘inlari rais va xodimlarining bu boradagi ustuvor vazifalari to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi.
– Jamoatchilik nazorati ta’sirchanligini oshirish maqsadida viloyat miqyosida "Maslakdosh, yelkadosh, raqobatdosh", "Mahalla kuni" kabi tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda, – deydi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari M.Boboyorov. – Xususan, 2017 va joriy yilda  birgina "Maslakdosh, yelkadosh, raqobatdosh" tadbiri 8 marta o‘tkazildi va unda 300 mingdan ziyod fuqaro ishtiroki ta’minlandi. Bu jarayonda 94 mingdan ortiq turli muammolar aniqlandi va 18 mingdan ziyodi joyida hal etildi. 
Anjuman yakunida mahalla fuqarolar yig‘inlarida jamoatchilik nazorati ta’sirchanligini oshirish, bu borada tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar qabul qilindi.

G‘olib ABDUSALOMOV.