Janubiy Koreya Samarqandga investitsiya kiritmoqda

Janubiy koreyalik ishbilarmonlar bilan erishilgan kelishuvga asosan “MIR Corporation” kompaniyasi viloyatimizda qiymati 30 million dollarlik quruq sut ishlab chiqarish loyihasini amalga oshiradi.

“Evergreen International” kompaniyasi Nurobod tumanida quyosh energetikasini barpo etish, “Alchera” kompaniyasi axborot texnologiyalari va informatsion texnologiyalar, “Wongwang Construction” kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilish materiallari ishlab chiqarish, “Neo&Saram” kompaniyasi bilan hamkorlikda axborot kommunikatsiya va informatsion texnologiyalari sohasida, “Myung Sung” kompaniyasi issiqxonalar tashkil etish, “Shinsung E&G” kompaniyasi bilan quyosh energetikasi barpo etish loyihalari amalga oshiriladi.