Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning dronlari tufayli 30 ta reysni kechiktirdi
Bugun YTN telekanalining xabar berishicha, Janubiy Koreyada Shimoliy Koreya dronlari kirib kelishi sababli 30 ga yaqin reys kechiktirilgan.
Janubiy Koreya Transport vazirligi havo hujumidan mudofaa shtabi yo‘rig‘i bo‘yicha Seuldagi Kimpxo aeroporti va Inchxon xalqaro aeroportida samolyot uchish va qo‘nishi vaqtincha to‘xtatilgan, deyiladi xabarda.
Parvozlarning vaqtinchalik bekor qilinishi avvalroq Janubiy Koreyaning Kanvondo provinsiyasida Shimoliy Koreya dronlarining paydo bo‘lishi bilan bog‘langan kichik qiruvchi samolyotning qulashi ortidan ro‘y berdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi Shimoliy Koreyaning 5 ta uchuvchisiz apparati mamlakat havo hududiga bostirib kirgani, ulardan biri Seulga uchganini ma’lum bo‘lgan.
Janubiy Koreya hududi uzra dronlar Seulgacha bo‘lgan bir qator hududlarda kuzatilgan. "Yonxap" agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, xususan, ular Kimpxo tumanlari, Kanxva oroli va Pxadju hududida paydo bo‘lgan.
Oxirgi marta Janubiy Koreya 2014 va 2017 yillarda koreyaaro chegaraning janubida Shimoliy Koreya dronlari uchgani haqida xabar bergan edi.
Shimoliy Koreya dronlarining bostirib kirishiga javoban Janubiy Koreya koreyalararo chegaraga o‘zining boshqariladigan uchuvchisiz arsenalini yubordi. Uning bir qismi KXDR hududiga kirib, u yerni suratga olgan.