Janubiy Koreyaga ishga ketish uchun kimlardan test imtihonlari talab qilinmaydi?

Layoqatli ishchi maqomini olgan fuqarolar (VIP);

1. Koreya Respublikasida 4 yil 10 oy bir korxonada mehnat faoliyatini amalga oshirgan va shartnomasi tugagandan so‘ng korxonadan qayta shartnoma bilan kelgan fuqarolar;
2. Bunda fuqaro birinchi mehnat shartnomasini tugatgandan so‘ng yoshi 39 yoshdan oshgan bo‘lsa ham qayta shartnoma bilan mehnat faoliyatini amalga oshirishi mumkin;
3. Xorijga chiqish uchun taqiqi bo‘lmagan hamda xorijga chiqish pasporti mavjud fuqarolar;
4. Har tomonlama sog‘lom, yuqumli kasallikka chalinmagan fuqarolar;
5. Koreya Respublikasi hududiga kirishga taqiqi yo‘q fuqarolar;
6. Muqaddam sudlanmagan fuqarolar;
7. Koreya Respublikasida 5 yildan ortiq muddatda ishlamagan fuqarolardan test imtihonlaridan o‘tish talab qilinmaydi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqaro Janubiy Koreyadan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan kundan boshlab, 90 kun muddat ichida Koreya Respublikasi ish beruvchisi bilan kelishilgan holda jo‘nab ketishi zarur.

Eslatma! fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga jo‘natish (E-9 ishchi viza) huquqiga ega yagona tashkilot Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hisoblanadi. Xususiy bandlik agentliklarining bunga vakolati yo‘q.