Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari byurosi Prezidentimiz topshirig‘ini e’tirof etdi

AQSh Davlat departamenti Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari byurosi o‘zining tvitterdagi sahifasida Prezidentimizning tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish normasini bekor qilishga qaratilgan topshiriqlarini olqishlab chiqdi:

“O‘zbekistonning tuhmat uchun qamoqqa olishni tugatish rejasini olqishlaymiz. Prezident ta’kidlaganidek, ommaviy axborot vositalari hukumat ishini aks ettiruvchi oynadir. Demokratiya erkin matbuotni talab qiladi.

Umid qilamizki, yangi qonun qo‘rquv va qatag‘onlarsiz, mustaqil hisobot berishni ta’minlaydigan xalqaro standartlarga javob beradi.

Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari byurosi”.