Jasoratli, fidoyi harbiylarga ehtirom ko‘rsatildi
Samarqand shahridagi yoshlar markazida sana munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unga Qurolli Kuchlar safida xizmat qilib, Vatan himoyasidek sharafli ishda safdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan fidoyi xodimlar, harbiylar, ularning oilalari hamda faxriylar taklif etildi.
Tadbirda viloyat hokimi E.Turdimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning Vatan himoyachilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Bir guruh harbiy xizmatchilar Mudofaa vazirligi tomonidan mukofotlandi, shuningdek, faol harbiylar, huquq-tartibot idoralari vakillari viloyat hokimligining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.
San’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.