Jazoirdan Antarktidagacha: Yer yuzidagi yomg‘ir yog‘maydigan joylar

Yomg‘ir noyob va qimmatbaho tovar bo‘lgan dunyoni tasavvur qila olasizmi? Masalan, Sharqiy Hindiston, Birma va Janubi-Sharqiy Osiyoning ba’zi qismlarida yiliga 2000 millimetrdan ortiq yog‘ingarchilik bo‘ladi. Hindiston va Xitoyning qolgan hududlarida esa 1000 dan 2000 millimetrgacha, shimoliy Xitoyda esa atigi 500–1000 millimetr yong‘in tushadi.
Aulef, Jazoir
O‘rtacha yog‘ingarchilik: yiliga 12,19 millimetr
Jazoirning markazida joylashgan Aulef mamlakatdagi eng quruq joy hisoblanadi. Bu kichik shaharcha bir necha kilometrlik cho‘l bilan o‘ralgan, bir ohangdagi o‘zgarmaslikni faqatgina bir nechta palma daraxtlari “buzib” turadi. Chidab bo‘lmas jazirama bu joyni cho‘ldagi vohaga aylantiradi.
Pelikan-Poynt, Namibiya
O‘rtacha yog‘ingarchilik: yiliga 8,13 millimetr
Namibiya qumtepalaridagi bu kichkina qirg‘oq noyob holatni ifodalab beradi. Yer yuzidagi eng qurg‘oqchil joylardan biri bo‘lishiga qaramay, u mashhur syorfing uchish joyidir. Quruq havo to‘lqinlarni yanada qulayroq qilib, syorfingchilarga ajoyib imkoniyat yaratadi. Ular esa o‘z navbatida mukammal uchish uchun deyarli barchanarsaga dosh berishga tayyor.
Ikike, Chili
O‘rtacha yog‘ingarchilik: yiliga 5,08 millimetr
Atakama cho‘lining g‘arbiy qismidagi Ikike port shahri Chilining yuqori qismida joylashgan. Atrofdagi cho‘lda selitra qazib olinadi va shaharda quruq havodan najot topish mumkin bo‘lgan go‘zal plyajlar mavjud. Agar yomg‘ir yog‘sa, odatda yanvar yoki fevral oylarida bo‘ladi.
Luksorva Asuan, Misr
O‘rtacha yog‘ingarchilik: yiliga 0,862 millimetr
Dunyodagi ko‘plab qadimiy obidalar joylashgan Luksor ham yer yuzidagi eng qurg‘oqchil joylardan biri hisoblanadi. Salqin mavsumda G‘arbiy cho‘ldan tezligi soatiga 150 kilometrga yetadigan, qum bo‘ronlarini keltirib chiqaradigan Xamsin deb nomlanuvchi issiq shamollar esadi. O‘z to‘g‘oni bilan mashhur Asuanda esa ko‘pincha butunlay quruqlik. Shaharning tropikka yaqinligi yuqori harorat va quruq ob-havoni keltirib chiqarib, manzilgohni odamlar yashashi uchun qiyin joyga aylantiradi.
Al-Kufra vohasi, Liviya
O‘rtacha yog‘ingarchilik: yiliga 0,860 millimetr
Liviyaning janubi-sharqida, Misr bilan chegaraga yaqin joyda joylashgan Al-Kufra cho‘l o‘rtasidagi noyob boshpana hisoblanadi. Afrikadagi eng qurg‘oqchil joyning yaqin atrofidagi vohalar bu yerdagi ko‘p sonli odamlar va hayvonlarni shaftoli, xurmo va o‘rik bilan ta’minlaydi.
Arika, Chili
O‘zining qurg‘oqchil iqlimiga qaramay, Arika shahrida namlik darajasi baland va ko‘p sonli bulutlar yomg‘irning yerga yetib borishini qiyinlashtiradi. Shaharni o‘rab olgan Atakama cho‘li yomg‘ir soyasida joylashgan. U yerdagi ba’zi hududlarda 500 yildan ortiq vaqt davomida yomg‘ir yog‘magan.
Antarktidaning qurg‘oqchil vodiylari
Antarktida vodiylarida joylashgan bu hudud Yerdagi eng qurg‘oqchil joy hisoblanadi. O‘rtacha yog‘ingarchilik 0 (nol) bo‘lgan hudud namlikning juda pastligi bilan ajralib turadi. Noyob sharoitlar tezligi soatiga 322 kilometrga yetadigan kuchli bo‘ronli shamollar tufayli yuzagakeladi.
Yer yuzidagi eng qurg‘oqchil joylardan biri bo‘lishiga qaramay, Antarktida dunyodagi chuchuk suvning taxminan 70 foizini o‘z ichiga olgan ulkan muz qatlamlari va muzliklarga ega.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.