Jenevada O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhining oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Ayni paytda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhining 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

2 kun davomida bo‘lib o‘tadigan mazkur yig‘ilishda respublika savdo rejimining barcha jihatlariga taalluqli 10 dan ortiq yangi hujjatlar ko‘rib chiqiladi.

Bungacha bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro tashkilotlar vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, 14 mart kuni bosh vazir o‘rinbosari JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan muzokaralar o‘tkazdi.