Jomboyda AYoQShdan katta miqdordagi pullarni o‘marib ketgan shaxslar qo‘lga olindi
Samarqand viloyati Jomboy tumani IIBga 1992 yilda tug‘ilgan A. ariza bilan murojaat qildi.
U o‘z arizasida 2020 yil 17 sentyabrdan 18 sentyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Jomboy tumanida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchasi ofisining ikkinchi qavati eshigining ochiqligidan foydalanib, u yerga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan va xonada bo‘lgan temir seyfni kalit tanlash yo‘li bilan ochgani, seyf ichida bo‘lgan 320.000.000 so‘m pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.
Jomboy tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur o‘g‘irlik jinoyatini Urgut tumani Chumchuqli mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan J. va Urgut tumani Terak mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan X.lar sodir etganligi aniqlandi. Ulardan 84.500.000 so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jomboy tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.