Jomboyda bir kunda maxsus daftarlarga 466 million so‘m yo‘naltirildi
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining joriy yil 25 apreldagi qaroriga asosan da’vogar MJCh shaklidagi «O‘zavtosanoat» AJ manfaatida «Uz truck and bus motors» MChJdan respublika byudjetiga 932 million 675 ming so‘m davlat boji undirilishi belgilangan.
Olib borilgan ijro harakatlari natijasida belgilangan mablag‘lar respublika byudjetiga undirilishi ta’minlandi.
Prezidentning 2020 yil 24 noyabrdagi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonida davlat foydasiga undiriladigan ijro hujjatlari bo‘yicha undirilgan mablag‘lar ijtimoiy daftarlar bo‘yicha tashkil etilgan maxsus jamg‘armalarga o‘tkazilishi belgilangan.
Shunga asosan yuqoridagi mablag‘ning teng yarmi – 466 mln. so‘mi «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltiriladi.
Nurqo‘zi G‘aniyev,
MIB Jomboy tuman bo‘limi boshlig‘i.