Jo‘shdan Toshkentga avtobuslar yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi

Bugun, 17 iyul kunidan boshlab Toshkent-Samarqand-Jo‘sh yo‘nalishiga zamonaviy avtobuslar yo‘lga qo‘yildi. Avtobus tonggi 06:30 da Jo‘shdan Samarqandga, so‘ngra Toshkentga tomon harakatlanadi.

Toshkentdan harakatlanadigan avtobus esa ertalab soat 07:30 da yo‘lga chiqadi. Yo‘nalish masofasi 460,8 km bo‘lib, chipta narxi 47 ming so‘m etib belgilangan.