JSST mutaxassislari Xitoyga koronavirus manbasini qidirish uchun boradi

Bu haqda ekspeditsiya ishtirokchisi Fabian Lenderts ma’lumotiga asoslanib, Associated Press xabar berdi.

Mutaxassislar virus dastlab  qayd etilgan Uxanga borishlari mumkin, dedi u. JSST missiyasining maqsadi epidemiya tarqalishida kim aybdor ekanligini aniqlash emas. Kasallik tarqalishi voqeasini boshidan o‘rganish va kelajakda pandemiyalar oldini olish uchun ushbu ma’lumotdan qanday foydalanish mumkinligini tadqiq qilish, deya tushuncha berdi olim.

Ta’kidlanishicha, olimlar epidemiya boshlanishi oldidan to‘plangan namunalarni o‘rganib, virus butun Xitoy bo‘ylab tarqalmasdan oldin mavjud bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlashadi. Shuningdek, mutaxassislar Uxan shahrida koronavirus hayvondan odamga o‘tishi mumkin bo‘lgan dengiz mahsulotlari bozorini tekshirishadi.

Oldinroq JSST Buyuk Britaniyada topilgan mutatsiyalangan SARS-CoV-2 koronavirusining yangi turi o‘ta yuqumli ekanligini ma’lum qilgan edi. JSSTning COVID-19 ga qarshi global kurash bo‘yicha maxsus vakili Devid Nabarro esa «Bu shtamm boshqalardan ko‘ra xavfli emas. Shuning uchun ham epidemiyaga qarshi kurashning ustuvor yo‘nalishi va usullarida tub o‘zgarishlar kutilmaydi”, deya ta’kidladi.