JSST rahbari: “Dunyo pandemiyaning yangi to‘lqiniga tayyor emas!”
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus dunyoda pandemiyaning yangi to‘lqini boshlanishidan jiddiy xavotirda. Uning ta’kidlashicha, agar koronavirus qayta avj olsa, insoniyat kasallikning yangi to‘lqiniga tayyor emas. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Biz hozir pandemiyaning o‘rtasidamiz, - deydi JSST bosh direktori. — Agar yangi mutatsiya paydo bo‘lsa, bunga har tomonlama tayyor bo‘lishimiz shart!”
Shu bois T. Gebreyesus barcha mamlakatlarni COVID-19ga qarshi kurashish borasidagi tavsiyalarga qat’iy amal qilishga chaqirdi. Xususan, kasallikka qarshi emlash ko‘rsatkichlarini oshirish zarur. Bu pandemiya yangi to‘lqini boshlanishining oldini olishga xizmat qiladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ayni paytda “omikron” shtammining VA.5 varianti insoniyat salomatligiga ko‘proq xavf solib turibdi.
Ushbu mutatsiya ancha yuqumli va og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi bilan ajralib turadi. Jumladan, u, avvalo, 60-65 yoshdan oshgan, emlanmagan aholi qatlami, qolaversa, ortiqcha vaznga ega va qandli diabet, buyrak yetshmovchiligi kabi surunkali kasalliklarga chalinganlar uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.