Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Juma – tadbirkorlar kuni: Boltayevaga imtiyozli kredit ajratiladigan bo‘ldi

Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida Samarqand viloyati hokimi E.Turdimovning tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘nga yaqin tadbirkor yer maydoni ajratish, imtiyozli kredit olish, davlat sherikchiligi asosida maktabgacha ta’lim muassasasi qurish kabi masalalar bo‘yicha murojaat qildi.

Jumladan, Kattaqo‘rg‘on tumani Mullako‘rpa mahallasida yashovchi Gavhar Boltayeva nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etishda bankdan imtiyozli kredit ajratilmayotganligi yuzasidan murojaat qildi.

– O‘tgan yilning may oyida bog‘chani qurish bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolanib, kredit olish uchun barcha zarur hujjatlar tayyorlangan, – deydi G.Boltayeva. – «Mikrokreditbank» Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limiga bir necha marotaba murojaat qildim. Ammo imtiyozli kredit ajratilmasdan kelinmoqda. Viloyat hokimining qabulida bu masala ijobiy hal bo‘ldi.

Uchrashuvda boshqa tadbirkorlar ham viloyat rahbariga muammolari haqida gapirdi. Ularning aksariyati shu joyning o‘zida hal etildi.

Baxtiyor MUSTANOV.