Kamchatkada AN-26 samolyoti halokatga uchradi, 28 kishi qurbon bo‘lganligi taxmin qilinmoqda
6 iyul kuni Petropavlovsk-Kamchatka-Palana reysini amalga oshirayotgan AN-26 yo‘lovchi samolyoti belgilangan vaqtda aloqaga chiqmadi. Samolyot bortida 28 kishi, jumladan bir bola bo‘lgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, samolyot Palana yaqinida qo‘nishdan oldin qoyaga urilgan.
Ayni paytlarda Kamchatkada qidiruv operatsiyasi davom etmoqda. Halokatga uchragan AN-26 qurbonlarining yana o‘nta jasadi topildi va shu kungacha jami 19 nafar halok bo‘lganlar topildi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.
AN-26 samolyoti qulagan joyda 51 kishilik qutqaruvchilar guruhi ish olib bormoqda. Ob-havo sharoitiga qarab vodolazlar ish boshlaydi. U yerga samolyot qoldiqlarining bir qismi tushib ketgan.
Kamchatkada aviahalokat munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilindi.
Qurbonlar qarindoshlariga sug‘urta to‘lovlari sifatida 2 million rubl, 1 million rubl aviakompaniya va hukumat 500 ming rubl beradi.