Kamchilik tuzatilgan: Narpaydagi holat bo‘yicha tuman hokimligi munosabat bildirdi

"Zarnews.uz telegram kanalida “Narpay tumani hokimligida mutaxassis boshqa ishga o‘tganligini 10 kundan keyin "sezib qolishdi" sarlavha ostida xabar tarqaldi.
Xabarda 29 oktyabrda chiqarilgan farmoyishda hokimlikning yetakchi mutaxassislaridan biri bilan mehnat shartnomasi 19 oktyabrdan bekor qilingani, shu kabi hokimlikning Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari vazifasi bo‘sh turganligi, bu lavozimda avval ishlagan xodim bilan mehnat shartnomasi qachon bekor qilingani to‘g‘risida hujjat ochiq manbalarda e’lon qilinmaganligi bayon etilgan.
Ushbu holat yuzasidan kamchilikka yo‘l qo‘ygan tegishli mas’ul xodimlarga choralar ko‘rilib, kelgusida bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirildi.
Tashkiliy-nazorat guruhi rahbarining vazifasidan ozod etilganligi haqida tuman hokimining 2021 yil 11 noyabr kuni 55-7-98 F/21 sonli farmoyishi chiqarilganligini ma’lum qilamiz.
Zarnews.uz telegram kanaliga ushbu holatga bee’tibor bo‘lmaganligi uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusida faol hamkorlikni davom ettiramiz", deyiladi hokimlik munosabatida.