Kamola stol tennisi respublika musobaqasida uchinchi o‘rinni egalladi

Samarqand shahridagi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Kamola Axrorova xalq ta’limi vazirligi tomonidan stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi respublika final bahsida uchinchi o‘rinni egalladi.

Bugun maktab hovlisida Kamolani tabriklash uchun maktab o‘quvchilari uning sinfdoshlari to‘plandi. Unga maktab direktori Alovuddin Ochilov xalq ta’limi vazirligining diplomi hamda uning ota-onasiga viloyat xalq ta’limi boshqarmasining tashakkurnomasini tantanali ravishda topshirdi. O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat bo‘limi tomonidan velosiped sovg‘a qilindi.

Bu jarayonni kuzatgan o‘quvchilar ham unga havas qilib kelgusida shu kabi musobaqalarda g‘olib bo‘lishini bildirdi.