Karantin paytida ov qurollarini sotayotgan shaxs ushlandi

Joriy yil 3 aprel kuni  o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Farg‘ona viloyati,  Farg‘ona tumani, O‘rtasho‘ra mahallasida yashovchi Yu.K. “TOZ-34R” rusumli, 12 kalibrli, 2 stvolli ov qurollarini 2 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi (o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni yoki portlash qurilmalarini o‘tkazish) bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksning 248-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘rsatilgan.