Karantin sabab tayinlanishi kechikkan pensiyalar to‘liq qoplab beriladi
Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati xabar berishicha, respublikada karantin e’lon qilingan muddatdan e’tiboran (2020 yil 24 mart) muayyan sabablarga ko‘ra yoshga doir pensiya tayinlanishi uchun o‘z vaqtida murojaat qilolmagan fuqarolarga o‘tgan davrlar uchun ham mablag‘ to‘liq to‘lab beriladi.
Ma’lumot uchun: 2020 yil 1 may kuni pensiya yoshiga yetgan fuqaro turli sabablarga ko‘ra 2022 yil yanvar oyida Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilsa, fuqaroga 2020 yil 1 maydan pensiya tayinlanadi va o‘tgan 20 oylik pensiya miqdori to‘lab beriladi.