Karantinga qaramay, ota armiyadan qaytgan o‘g‘lining sinfdoshlariga ziyofat qilib bergani aniqlandi

Kecha, 3 aprel kuni Jizzax viloyatining Arnasoy tumanidagi Cho‘lquvar qishlog‘ida 53 yashar X.Q. 28 mart kuni harbiy xizmatni o‘tab qaytgan o‘g‘lining 24 nafar sinfdoshini yig‘ib, ziyofat uyushtirgani aniqlandi.

Ichki ishlar vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, karantin tartibiga bo‘ysunmagan mazkur fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.