Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda viloyat bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi raisi Abror Rajabov, viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Mamatqulov, viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abdunabi To‘rayevning hisobotlari tinglandi.

Qayd etildiki, viloyat bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi tarkibidagi dehqon bozor va savdo komplekslari 2024-2025 yil kuz, qish va bahor oylari uchun jami 2808 tonna, shundan kartoshka - 1030 tonna, piyoz - 878 tonna, sabzi - 335 tonna va guruch mahsulotlari - 565 tonna zaxirasi yaratilgan. 

Bozor va savdo komplekslari hududlarida 2024 yil sentyabr oyidan bugungi qadar 514,5 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilib, o‘rnatilgan quyosh panellari quvvati 760 kVtga yetgan.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Mamatqulovning ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilda umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida 3009 dona yo‘l belgilari, 12 dona panno, 18 dona svetofor, 2 dona elektron tablo, 2 dona vazn va hajm o‘lchovchi tarozi o‘rnatilgan bo‘lsa, hududlarda 47,4 km piyodalar yo‘lagi (trotuar) va 33,7 km. velosiped yo‘laklari qurilgan. Shuningdek, Qo‘shrabot tumanida 6 km yo‘lga yoritish chiroqlari, Ishtixon tumani va Samarqand shahrida jami 2,5 km yo‘lning qatnov qismini piyodalar harakatidan cheklovchi temir panjaralar o‘rnatilgan.

Viloyat yo‘l harakati  xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abdunabi To‘rayevning ta’kidlashicha, 2024 yildan shu davriga nisbatan 96 taga yoki 8,4 foizga (1 145/1 049), o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari 10 taga yoki 3,8 foizga (265/255), tan jarohati bilan bog‘liq YTHlar 86 taga yoki 9,8 foizga (880/794) kamayishiga erishildi.

Qayd etildiki, joriy yilda yo‘l infratuzilmasini kompleks takomillashtirish yo‘nalishi bo‘yicha 1937 ta yangi hamda maktablar oldida tezlikni cheklovchi 172 ta, yo‘nalishlarda dastlabki, aholi gavjum hududlarda piyodalar o‘tish joylariga piyodalar boshqaradigan 5 ta svetoforlar o‘rnatilib, 18 ta yangi svetofor ob’yektlari qurilgan, 28 ta svetofor rekonstruksiya qilingan, 336 ta yaroqsiz holga kelib qolgan yo‘l belgilari almashtirilgan. 

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan soha yo‘nalishlar bo‘yicha fikrlar bildirildi va ushbu uchta masala xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasiga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.